Mijoz har oy to'laydi.
Siz eslatib yurmaysiz.
Bindin mijoz kartasidan oylik to'lovni belgilangan kunda o'zi yechadi. O'tmasa — o'sha kuni yana urinadi. Pul shaxsiy hisobingizga tushadi.
Kimlar uchun Sport zallar / O'quv markazlari / Bog'chalar / Internet va TV / Ijara / Obuna xizmatlari
Bir mijoz, bir oy
Ulangandan keyin sizdan hech narsa talab qilinmaydi. To'lov o'tmagan kunlarda ham.
-
Karta ulanadi
Mijoz SMS kod bilan tasdiqlaydi. Keyin summa va to'lov kuni (1–28) bilan ariza ochiladi.
-
Oylik yechiladi
Mijozdan summa va Inpay komissiyasi yechiladi. Sizga summa to'liq tushadi.
-
O'tmasa — yana urinadi
Qarzdorlardan har kuni uch marta undiriladi. Kabinetda «Undirish» tugmasi ham bor.
-
Pulni yechib olasiz
Hisobingizdan kartangizga — ko'pi bilan 3 ish kunida.
Kabinet — bitta ekranda
Kim to'ladi, kim qarzdor, hisobingizda qancha — kirgan zahoti ko'rinadi. Har bir biznesga alohida kabinet va shaxsiy hisob raqami.
- Mijoz ID avtomatik, karta SMS orqali
- Karta tanlanmaydi — oxirgi tasdiqlangan karta
- Naqd kirim ham ariza bo'yicha
- Kunlik va oylik hisobot — chop etish va imzo uchun
- O'zbek va rus tili, qorong'i rejim
- Telefon va kompyuterda
O'z tizimingizdan boshqaring
CRM yoki saytingizni API orqali ulang: mijoz, karta, ariza, undiruv va to'lovlar tarixi. Kalit kabinetda yaratiladi va bir marta ko'rsatiladi.
API hujjatlari$ curl -X POST /api/dev/v1/applications \
-H "X-API-Key: dzn_••••••••" \
-d '{"client_id": 99000001,
"name": "Sport zal",
"amount": 350000, "payday": 5}'
201 Created
{
"id": 7,
"status": "scheduled",
"start_date": "2026-11-05",
"has_debt": false
}